Бош саҳифа / Янгиликлар / Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida oltinchi bitiruv marosimi bo'lib o'tdi
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida oltinchi bitiruv marosimi bo'lib o'tdi


Bugungi kunda xukumatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar natijasida o'zbek o'g'il-qizlari xech kimdan kam bo'lmagan xolda nufuzli oliy o'quv yurtlarida ta'lim olishmoqda. Chet tilni mukammal o'rganib, jahonda talab yuqori bo'lgan moliya, marketing kabi qator yo'nalishlar bo'yicha yetuk mutaxassis bo'lib yetishishiyapti. Mana shunday kadrlarni tayyorlab berayotgan Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida "Buyuk maqsadlar va yuksak marralar sari intiling, ularga erishing! shiori ostida oltinchi tantanali bitiruv marosimi bo'lib o'tdi.


Bugungi kunda xukumatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar natijasida o'zbek o'g'il-qizlari xech kimdan kam bo'lmagan xolda nufuzli oliy o'quv yurtlarida ta'lim olishmoqda. Chet tilni mukammal o'rganib, jahonda talab yuqori bo'lgan moliya, marketing kabi qator yo'nalishlar bo'yicha yetuk mutaxassis bo'lib yetishishiyapti. Mana shunday kadrlarni tayyorlab berayotgan Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida "Buyuk maqsadlar va yuksak marralar sari intiling, ularga erishing! shiori ostida oltinchi tantanali bitiruv marosimi bo'lib o'tdi.

To'rt yil ta'lim olgan talabalarning bayramona akademik jarayoni o'tkazilishidan avval Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori, mutasaddi xodimlari hamda xorijiy Sanderlend va Bangor universitetlarining mas'ul vakillari ishtirokida anjuman o'tkazildi. Ta'kidlanganidek, bu yil Singapur institutini bank ishi va moliya, biznes va marketing boshqaruvi, Buxgalteriya ishi hamda moliya kabi to'qqizta yo'nalish bo'yicha tahsil olgan 292 nafar talaba bakalavr darajasida tamomlashdi. Yana o'ttiz uchta bitiruvchi Moliya va marketing bo'yicha magistrlik unvonini olishga muvofqaq bo'ldi. Shuni alohida qayd etish kerakki, joriy yilda ilk bor Singapur institutida Bangor universiteti tizimida ta'lim olayotgan talabalar ham Bank ishi va moliya, Sanoat boshqaruvi, biznes boshqaruvi kabi qator yo'nalishlarda bakalavr darajasiga ega bo'ldilar.

Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining statistik ma'lumotlariga binoan, 69 % bitiruvchilar ish bilan ta'minlangan bo'lib, ular orasida o'z yo'nalishlari bo'yicha ishlayotganlar soni ko'pchilikni tashkil etadi. Talabalarning umumiy xisobi daslabki yilda 274 nafarga yetgan bo'lib,  ular 6 xil yo'nalishda taxsil olishdi. Ayni kunda 2800 nafar talaba bakalavr darajasida 10 ta yo'nalish bo'yicha, magistrurada esa 5 ta yo'nalish bo'yicha ta'lim olishmoqda.

Shu o'rinda qo'shimcha qilish kerakki, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Qarori bilan 2007 yilda tashkil etilgan. Xozirgi kunda oliy o'quv yurti Buyuk Britaniyaning Bangor, Sanderlend, Avstraliyaning Sauzern Kross kabi universitetlari bilan o'zaro xamkorlik qilib kelmoqda. Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining bosh vazifasi ilg'or xalqaro ta'lim standartlari darajasida yurori malakali mutaxassislar tayyorlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish,yoshlarning saloxiyatini ro'yobga chiqarish va undan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, oliy ta'lim sohasida xalqaro xamkorlikni kengaytirishdan iboratdir. 

 

Manba: UzReport.uz


Киритилган вақти: 10/12/2016 14:43 Кўрилганлиги: 29
 
Қидириш
Жами мурожаатлар: 1197 (100%)
Кўриб чиқилган: 1015 (85%)
Кўриб чиқилмоқда: 182 (15%)
 
Вилоят ҳокимлигининг умумий бўлими
 
 
 
 
 

    Сайтга баҳо беринг

Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 2
Мехмонлар: 4
 
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг