Бош саҳифа / Янгиликлар / "Sog'lom avlod uchun" xalqaro hayriya fondi 21 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga reabilitatsiya vositalarini topshirdi
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

"Sog'lom avlod uchun" xalqaro hayriya fondi 21 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga reabilitatsiya vositalarini topshirdi


“Sog'lom avlod uchun” xalqaro hayriya fondi Toshkentda  muruvvat yo'nalishidagi  navbatdagi xayriya  aksiyasini o'tkazdi. Uning doirasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ijtimoiy himoyaga muxtoj bo'lgan ayollar va bolalarga  nogironlik aravachalari hamda maxsus sovg'alar topshirildi.

“Sog'lom avlod uchun” xalqaro hayriya fondi Toshkentda  muruvvat yo'nalishidagi  navbatdagi xayriya  aksiyasini o'tkazdi. Uning doirasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ijtimoiy himoyaga muxtoj bo'lgan ayollar va bolalarga  nogironlik aravachalari hamda maxsus sovg'alar topshirildi.

Xayriya aksiyasiga poytaxtimiz va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi nogiron bolalar va ayollar taklif etildi. Ular uchun yurish moslamalari, maxsus kreslalar, nogironlik aravachalari , dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Bunda Toshkent shahrida yashaydigan 14 nafar hamda Toshkent viloyatida isqtiqomat qiluvchi  7 nafar fuqaro qamrab olindi.

Tadbir avvalida fond rahbariyati yig'ilganlarni Bosh qomusimizning 24 yilligi bilan qutlab,   mazkur jamg'arma ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining har bir qatlamiga alohida e'tibor berishi,  ularning tayanchi enaligini alohida ta'kidladi.

 Ameri Cares”  “Sog'lom avlod uchun”fondning asosiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ushbu tashkilot 20 yildan buyon xayriya tadbirlarga homiylik qilib keladi.Umuman 2016 yilning o'tgan davri mobaynida Sog'lom avlod uchun xayriya  jamg'armasi 30 dan ortiq  muruvvat yuklarini qabul qilgan bo'lsa, shundan 25 dan ortig'i AQShning Ameri Cares” tashkiloti tomonidan yuborilgan.

Aytish kerakki,  shu yilning o'zida mazkur tashkilot tomonidan berilgan 550 ta nogironlar aravachasi ayni kunlarda bu vositalar fond va uning hududiy filiallari orqali kam ta'minlangan oila farzandlari va imkoniyati cheklangan fuqarolarga navbatma-navbat yetkazilmoqda. Bundan tashqari xayriya fondi Germaniyaning “Tovarishch-Helf for children” xalqaro tashkiloti bilan ham hamkorlik aloqalari o'rnatgan.

Endigi rejaga ko'ra, yangi yil arafasida sog'lom avlod uchun xalqaro hayriya fondi Ichki Ishlar Bosh boshqarmasi tizimida xizmat qilgan , xizmat vaqtida halok bo'lgan insonlarning oila a'zolariga, kam ta'minlangan va ko'p bolali oilalar farzandlariga sovg'alar ajratishni mo'ljallamoqda.  

 

Manba: UzReport.uz


Киритилган вақти: 10/12/2016 13:11 Кўрилганлиги: 31
 
Қидириш
Жами мурожаатлар: 1197 (100%)
Кўриб чиқилган: 1015 (85%)
Кўриб чиқилмоқда: 182 (15%)
 
Вилоят ҳокимлигининг умумий бўлими
 
 
 
 
 

    Сайтга баҳо беринг

Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 2
Мехмонлар: 4
 
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг