Бош саҳифа / Янгиликлар / "O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to'g'risida"gi qonun loyihasi muhokama qilindi
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

"O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to'g'risida"gi qonun loyihasi muhokama qilindi


O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida navbatdagi yalpi majlisi bo'lib o'tdi. Unda Deputatlar jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, fuqarolarning, tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko'rib chiqishdi. Parlament quyi palatasi deputatlari  o'z ishlarini “O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to'g'risida»gi qonun loyihasini muhokama qilishdan boshlashdi.  Prokuratura organlari xodimlarining kasb bayramini belgilash prokuratura organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga, xizmat vazifalarining vijdonan bajarilishini rag'batlantirishga xizmat qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida navbatdagi yalpi majlisi bo'lib o'tdi. Unda Deputatlar jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, fuqarolarning, tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko'rib chiqishdi. Parlament quyi palatasi deputatlari  o'z ishlarini “O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to'g'risida»gi qonun loyihasini muhokama qilishdan boshlashdi.  Prokuratura organlari xodimlarining kasb bayramini belgilash prokuratura organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga, xizmat vazifalarining vijdonan bajarilishini rag'batlantirishga xizmat qiladi.

 Deputatlar “O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to'g'risida»gi qonun loyihasini ko'rib chiqishganidan   so'ng “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonun  loyihasini muhokama qilishdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 5 oktyabr kuni qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmoni ushbu yo'nalishda amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo'ldi.

Muhokama davomida ta'kidlandiki, birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan tadbirkorlik sub'ektlari va ularning xodimlari, shuningdek davlat ro'yxatidan o'tmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan shaxslarga nisbatan jinoiy jazo qo'llanilmaydi. Buning uchun esa ular yetkazilgan zararning o'rnini qoplashlari va huquqbuzarlik oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etishlari zarur.

Majlis kun tartibiga shuningdek  “Soliq va byudjet siyosatining 2017 yilga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonun loyihasini muhokama qilish masalasi kiritildi.

Bu 2017 yilga mo'ljallangan  soliq va byudjet siyosatining tasdiqlangan konsepsiyalarini amalga oshirish, qonun hujjatlaridagi ayrim normalarning aniqlashtirilishi va bir xil ma'noda qo'llanilishini ta'minlash bo'yicha huquqiy shart-sharoitlar yaratish bilan bog'liqdir.  Deputatlar mazkur qonunlarni qabul qilish va Oliy Majlis Senatiga ko'rib chiqish uchun yuborish to'g'risida qarorlar qabul qilishdi.

Amaliy muloqot chog'ida parlament quyi palatasining deputatlari “Intellektual mulk to'g'risidagi qonun hujjatlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga qo'shimcha va o'zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ham muhokama qilishdi.

Qonun loyihasini tayyorlash chog'ida mazkur loyiha professional hamjamiyat bilan, shu jumladan Intellektul mulk agentligi, Davlat raqobat qo'mitasi, patentchilar va tadbirkorlik sub'ektlarining vakillari ishtirokida muhokama o'tkazildi .

Shuningdek majlisda deputatlar “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida”gi va “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonunlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasiga hamda boshqa qonun hujjatlariga e'tiborni qaratishdi.

Mazkur qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risidagi va tadbirkorlik sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to'g'risidagi amaldagi qonun hujjatlari inventarizatsiyadan o'tkazildi. Tahlil shuni ko'rsatadiki, hujjatlarni qayta rasmiylashtirish masalasini tartibga solishda muayyan kamchiliklar mavjud.  Shuning uchun ham mazkur  sohadagi  munosabatlarni yo'lga qo'yishni tartibga solish maqsadida ushbu qonun o'z vaqtida qabul qilinmoqda.

Manba: UzReport.uz


Киритилган вақти: 10/12/2016 14:43 Кўрилганлиги: 24
 
Қидириш
Жами мурожаатлар: 1197 (100%)
Кўриб чиқилган: 1015 (85%)
Кўриб чиқилмоқда: 182 (15%)
 
Вилоят ҳокимлигининг умумий бўлими
 
 
 
 
 

    Сайтга баҳо беринг

Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 2
Мехмонлар: 6
 
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг