Бош саҳифа / Янгиликлар / "Konstitutsiya – demokratik huquqiy davlat qurishning kafolati" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

"Konstitutsiya – demokratik huquqiy davlat qurishning kafolati" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi

O’zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy Kengashi hamda Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti hamkorligida Konstitutsiyamizning 24 yilligiga bag'ishlab "Konstitutsiya -demokratik huquqiy davlat qurishning kafolati" mavzusida tadbir o'tkazildi. Unda O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy Kengashi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a'zolari, partiyaning "Yoshlar qanoti" yetakchilari, huquqshunos olimlar, mutaxassislar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir Bosh Qomusimiz - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini chuqur o'rganish, bu borada yoshlarning huquqiy madaniyati va bilimlarini oshirish, ularni Konstitutsiyamizga hurmat ruhida tarbiyalash va demokratik islohotlarni amalga oshirishda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida tashkil etildi. Unda so'zga chiqqanlar tomonidan e'tirof etilganidek, bugun mamlakatimizning asosiy qonuni — Konstitutsiya, har bir fuqaroning qalban e'zozlovchi muqaddas huquqiy qadriyatga, umid, ishonch va ezgu niyatlar kafolatiga aylangan. Konstitutsiya asosida yuzlab yangi qonun va  Kodekslar qabul qilindi. Qayd etish kerakki, ularning barchasi bosh qomksimizning mazmunida aks etgan fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini ta'minlash hamda insonparvar demokratik davlat barpo etishga huquqiy asos bo'lib  xizmat qilmokda. Konstitutsiyaning yaratilishida ko'p ming yillik milliy davlatchiligimiz an'analari inobatga olinishi bilan birga, jahon konstitutsiyalarining tajribalaridan ham keng foydalanilgan. Bu jihatlar  insonparvar, demokratik va adolatli Qonun yaratilishiga asos bo'lganligi xam tadbirda alohida ta'kidlandi. Tadbirda shuningdek, Konstitutsiya  hayotga mos  ravishda, mamlakat taraqqiyoti, xalq istak-xohishiga ko'ra o'zgartirib turilishi ham ta'kidlandi. Qiziqarli munozaralarga boy ruxda o'tgan tadbirda ishtirokchilar O'zbekiston  Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, uning demokratik huquqiy davlat barpo etish va inson manfaatlarini ta'minlashdagi ahamiyati va undagi o'ziga xos jihatlar haqida atroflicha ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

Manba: UzReport.uz

Киритилган вақти: 10/12/2016 13:11 Кўрилганлиги: 23
 
Қидириш
Жами мурожаатлар: 1197 (100%)
Кўриб чиқилган: 1015 (85%)
Кўриб чиқилмоқда: 182 (15%)
 
Вилоят ҳокимлигининг умумий бўлими
 
    Сайтга баҳо беринг

Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 1
Мехмонлар: 13
 
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг