Бош саҳифа / Янгиликлар / Davlat ehtiyojlari uchun meva-sabzavot mahsulotlari harid qilish bo'yicha kontraktatsiya shartnomalarining tuzilishi qaytadan ko'rib chiqildi
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

Davlat ehtiyojlari uchun meva-sabzavot mahsulotlari harid qilish bo'yicha kontraktatsiya shartnomalarining tuzilishi qaytadan ko'rib chiqildi

Adliya vazirligida navbatdagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda  jurnalistlarga bozor iqtisodiyotining Bosh qomusimizda mustahkamlangan huquqiy asoslari jumladan, davlat extiyojlari uchun meva sabzavot mahsulotlari harid qilish bo'yicha kontraktatsiya shartnomalarining tuzilishi va bajarilishiga oid amaliyot yuzasidan ma'lumot berildi.

Adliya vazirligida navbatdagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda  jurnalistlarga bozor iqtisodiyotining Bosh qomusimizda mustahkamlangan huquqiy asoslari jumladan, davlat extiyojlari uchun meva sabzavot mahsulotlari harid qilish bo'yicha kontraktatsiya shartnomalarining tuzilishi va bajarilishiga oid amaliyot yuzasidan ma'lumot berildi.

 Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, Oziq-ovqatxolding kompaniyasi, O'zagroeksport aksiyadorlik  jamiyati kabi bir qator yirik tashkilotlar vakillarini o'z atrofiga yig'gan tadbirda dolzarb masalalar ko'rib chiqildi.

Tadbir avvalida ishtirokchilarning e'tibori 2016 yilning 12 aprelidagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini harid qilish va ulardan  foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi”gi qarorning mazmun-mohiyatiga qaratildi.

Ushbu hujjatga muvofiq  mamlakatimiz qayta ishlash korxonlarini xom-ashyo bilan muntazam ta'minlash, ichki iste'mol bozorini yil davomida meva sabzavot, poliz mahsulotlari va uzum bilan barqaror to'ldirish, shuningdek, tashqi bozorda haridorgir va raqobatbardosh bo'lgan ho'l meva va qayta ishlangan meva sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmini ko'paytirish maqsadida 2016 yildan boshlab shu kabi mahsulotlarni harid qilish bo'yicha davlat buyurtmasi joriy etildi.

Mahsulotlar taraflar o'rtasida tuziladigan kontraktatsiya shartnomasi asosida yetkazib beriladi. Ushbu yangilikni joylarda ijro etilishini ta'minlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, Fermerlar kengashi va boshqa manafaatdor tashkilotlar bilan birgalikda meva, sabzavot, uzum , kartoshka va poliz mahsulotlarini harid qilish bo'yicha kontraktatsiya, vositachilik-komissiya hamda eksport  shartnomalarining namunaviy loyihalari amaldagi qonun hujatlariga muvofiq ishlab chiqilib, foydalanish uchun joylarga yetkazildi.

Kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq mahsulotlar xo'jaliklardan kelishilgan bozor narxlarida, oldindan kamida 40% avans ya'ni bo'nak berish orqali sotib olinishi nazarda tutildi. Yig'ilishda xorijiy hamkorlar bilan uzoq muddatli barqaror kooperatsion aloqalar o'rnatish , yangi va qayta ishlangan mahsulotlarni eksport qilish hajmini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

 

Manba: UzReport.uz


Киритилган вақти: 10/12/2016 14:43 Кўрилганлиги: 27
 
Қидириш
Жами мурожаатлар: 1197 (100%)
Кўриб чиқилган: 1015 (85%)
Кўриб чиқилмоқда: 182 (15%)
 
Вилоят ҳокимлигининг умумий бўлими
 
 
 
 
 

    Сайтга баҳо беринг

Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 2
Мехмонлар: 7
 
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг