Бош саҳифа / Янгиликлар / Avtobenzinning narxi O'zbekiston bo'yicha bir xil etib tayinlandi
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

Avtobenzinning narxi O'zbekiston bo'yicha bir xil etib tayinlandi


«O'zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi matbuot xizmatining xabar berishicha 2016 yilning 23 oktabr sanasidan boshlab barcha turdagi avtobenzin chakana narxlari O'zbekiston bo'yicha bir xil etib belgilangandi. Jumladan  Ai-80 rusumli avtobenzinning 1 litri - 2 800 so'm, Ai-91, Ai-92 va Ai-93 rusumli avtobenzinlarning 1 litri – 3 000 so'm, hamda  Ai-95 rusumli avtobenzinning 1 litr narxi – 3 300 so'm etib belgilandi.

«O'zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi matbuot xizmatining xabar berishicha 2016 yilning 23 oktabr sanasidan boshlab barcha turdagi avtobenzin chakana narxlari O'zbekiston bo'yicha bir xil etib belgilangandi. Jumladan  Ai-80 rusumli avtobenzinning 1 litri - 2 800 so'm, Ai-91, Ai-92 va Ai-93 rusumli avtobenzinlarning 1 litri – 3 000 so'm, hamda  Ai-95 rusumli avtobenzinning 1 litr narxi – 3 300 so'm etib belgilandi.

 “O'zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, so'nggi vaqtda mamlakatimiz aholisining O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual pochtasi orqali, shuningdek  kompaniyamiz, Respublikamizning rahbar, nazorat hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralari nomiga kelib tushgan murojaatlarida avtobenzin ta'minotida bo'layotgan uzilishlar, shu jumladan  ba'zi avtomobillarga yonilg'i quyish shoxobchalarida (AYOQShlarda)  avtobenzinning ustama narx bilan sotilayotganligi, avtobenzin olish uchun uzundan-uzoq  navbatda turishga to'g'ri kelayotganligi, Toshkent shahridagi aksariyat AYOQShlarda Ai-80 rusumli avtobenzinning 2 075 so'mlik narxda, viloyatlarda esa asosan tijorat narxida, ya'ni 3 000 so'mlik narxda sotilayotganligi, avtobenzinning ayrim nopok kimsalar tomonidan Toshkent shahridagi AYOQShlardan turli yo'llar bilan olib borib boshqa viloyatlar aholisiga 3000 so'mdan 5 000 so'mgacha bo'lgan chayqov narxida sotilayotganligi haqidagi o'rinli e'tirozlar kelib tushgan. 

Mazkur holatlarni inobatga olgan holda bundan buyon mazkur qonunga hilof holatlarga uzil-kesil barham berish maqsadida 2016 yil 23 oktyabrdan barcha turdagi avtobenzin chakana narxlari Respublika bo'yicha bir xil etib belgilandi.

Shuningdek, “O'zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi joylarda hamda yurtimizning har qanday hududidagi AYOQShlarda bundan buyon avtobenzin narxiga ustama qo'yib sotilayotganligi yoxud boshqa noxush holatlarga duch kelishsa bu haqida “O'zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining ishonch telefoniga (071) 231-14-21, “O'zdavneftgazinspeksiya”ning viloyat boshqarmalari hamda joylardagi tegishli huquqni muhofaza qilish organlari va  neft bazalarning ishonch telefonlariga xabar qilishga chaqirdi. 

Manba: UzReport.uz


Киритилган вақти: 10/12/2016 14:43 Кўрилганлиги: 15
 
Қидириш
Жами мурожаатлар: 1197 (100%)
Кўриб чиқилган: 1015 (85%)
Кўриб чиқилмоқда: 182 (15%)
 
Вилоят ҳокимлигининг умумий бўлими
 
 
 
 
 

    Сайтга баҳо беринг

Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 2
Мехмонлар: 12
 
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг