Бош саҳифа / Янгиликлар / 2017 yilning 1 aprelidan qator davlatlardan keladigan sayyohlarga viza rejimi bekor qilinadi
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

2017 yilning 1 aprelidan qator davlatlardan keladigan sayyohlarga viza rejimi bekor qilinadi


Iqtisodiyotning strategik tarmog'i sifatida turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, hududlarning ulkan turizm salohiyatidan yanada to'liq va samarali foydalanish, turizm tarmog'ini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy turizm mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targ'ibot qilish, turizm sohasida mamlakatimizning ijobiy qiyofasini shakllantirish maqsadida O'zbekiston Prezidentining “O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni qabul qilindi.

Iqtisodiyotning strategik tarmog'i sifatida turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, hududlarning ulkan turizm salohiyatidan yanada to'liq va samarali foydalanish, turizm tarmog'ini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy turizm mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targ'ibot qilish, turizm sohasida mamlakatimizning ijobiy qiyofasini shakllantirish maqsadida O'zbekiston Prezidentining “O'zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmonda o'rta muddatli istiqbol uchun turizm sohasida davlat siyosatining maqsadli vazifalari va ustuvor yo'nalishlari  belgililangan. Unga ko'ra, turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasi shakllantirilib, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomi beriladi. Yalpi ichki mahsulot va  mahalliy byudjet daromadlarida turizmning ulushi tubdan oshiriladi.

Turizm industriyasi sub'ektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida sohaga oid qonun hujjatlari va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirilib, barcha to'siq va g'ovlarga barham beriladi. Shuningdek  viza va ro'yxatdan o'tkazish tartib-taomillari, pasport va bojxona nazoratini soddalashtirish ko'zda tutilmoqda.

Xususan, xorijiy fuqarolarning mamlakatimizga tashrifi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va viza tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida 2017 yil 1 apreldan boshlab turizm maqsadida respublikamizga 30 kundan ortiq bo'lmagan muddatga keluvchi Avstraliya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, Niderlandiya, Koreya Respublikasi, Singapur, Finlyandiya, Shveysariya va Yaponiya fuqarolari uchun viza rejimi bekor qilinadi. 

Qolaversa, 55 yoshga to'lgan va turizm maqsadida 30 kundan ortiq bo'lmagan muddatga O'zbekistonga keluvchi Belgiya Qirolligi, Indoneziya, XXR (turistlar guruhlari tarkibida), Malayziya, AQSH, Fransiya, Vetnam, Isroil, Polsha, Vengriya, Portugaliya va Chexiyaning fuqarolari uchun viza talab etilmaydi.  Ular faqat  respublikamizga kirishda 50 AQSH dollari miqdorida Davlat byudjetiga o'tkaziladigan kirish yig'imi to'lashadi. Xalqaro aeroportlar va Davlat chegarasi orqali o'tkazish punktlarida vizalarni olish, shu jumladan tranzit vizalarni olish tartibi sezilarli ravishda soddalashtiriladi. Shuningdek, 2018 yildan boshlab elektron vizalar tizimini joriy etish ko'zda tutilgan.

2017 yil 1 apreligacha Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlarining xalqaro aeroportlarida  xorijiy turistlar uchun “yashil yo'lak” bojxona nazorati tizimi, pasport va bojxona nazoratidan o'tish, bagajni olishning, transport xizmati ko'rsatishning soddalashtirilgan tartib-taomilini joriy etish belgilandi.

Farmonda respublikaning barcha mintaqalarida turistlarning ehtiyojlari va talablariga javob beradigan turizm industriyasi ob'ektlari – mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish ob'ektlari, transport-logistika tuzilmalari va boshqalarni qurish hamda  rekonstruksiya qilish, bunga  xorijiy investorlarni keng jalb etish nazarda tutilgan.

Hujjatga ko'ra, “O'zbekturizm” Milliy kompaniyasi negizida Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi tashkil etiladi. 2017 yil 1 yanvardan boshlab faqat turizm faoliyatini tashkillashtirishni ta'minlaydigan turizm korxonalari – turizm operatorlari, turizm agentliklari, ekskursiya tashkilotlari, turizm firmalari turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi yuzasidan litsenziyalanadi. Turizm operatorlari ko'rsatadigan  xizmatlaridan oladigan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotishdan ozod qilinadi. Mehmonxonalar, motellar, kemping va joylashtirishning shu kabi vositalari tomonidan ko'rsatiladigan turizm xizmatlari majburiy sertifikatlanadi. Bunda 2018 yil 1 yanvardan boshlab xorijiy turistlarga xizmat ko'rsatishga ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari va avtotransport korxonalarini majburiy sertifikatlash joriy etiladi.

Mazkur Farmon ijrosi nazorati Bosh vazirining birinchi o'rinbosari Rustam Azimov zimmasiga yuklatildi.

Manba: UzReport.uz


Киритилган вақти: 10/12/2016 14:43 Кўрилганлиги: 15
 
Қидириш
Жами мурожаатлар: 1197 (100%)
Кўриб чиқилган: 1015 (85%)
Кўриб чиқилмоқда: 182 (15%)
 
Вилоят ҳокимлигининг умумий бўлими
 
 
 
 
 

    Сайтга баҳо беринг

Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 1
Мехмонлар: 3
 
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг